Dzyudochimiz "Galatasaroy" tarkibida Turkiya vitse-chempion bo‘ldi!
Kuni kecha Istanbul shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida >Turkiya chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Turkiyaning 16 ta klubi chempionlik uchun kurash olib bordi. Terma jamoamizning yetakchi dzyudochisi Shahram Ahadov Istanbulning ">Galatasaroy"> klubi safida Turkiya chempionati vitse-chempioniga aylandi. Ahadov jamoasi tarkibida 6 ta g‘alabaga erishgan. Chempionlik esa ">Kosaeli"> klubiga nasib etdi.
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar