Dzyudochimiz Olimpiada reytingida birinchi o‘ringa chiqib oldi
Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Kecha esa dzyudochilarning yangi e’lon qilingan Olimpiada reytingi biz uchun ahamiyatli bo‘ldi. Boisi hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev -60 kilogramm vazn toifasida Olimpiada reytingining birinchi o‘rniga ko‘tarilib oldi. Batafsil:
-60 kg:
1(4). Sharofiddin Lutfillaev (O‘zbekiston) – 3607 ochko
31(43). Diyorbek O‘rozboev – 810 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
56(50). Kemran Nurillaev – 415 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
-66 kg:
1. Joshiro Maruyama (Yaponiya) – 4250 ochko
21(21). Sardor Nurullaev – 1294 ochko (yo‘llanma zonasida)
22(25). Shahram Ahadov – 1234 ochko (yo‘llanma zonasida)
54(46). Muhriddin Tilovov – 512 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
-73 kg:
1. Rustam Orujov (Ozarbayjon) – 3465 ochko
17(13). Hikmatilloh To‘raev – 1376 ochko (yo‘llanma zonasida)
60(53). G‘iyosjon Boboev – 410 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
-81 kg:
1. Sagi Muki (Isroil) – 4384 ochko
23(36). Sharofiddin Boltaboev – 1225 (qit’aviy kvota)
-90 kg:
1. Noel van T End (Gollandiya) – 3901 ochko
68(63). Davlat Bobonov – 323 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
-100 kg:
1. Xorxe Fonseka (Portugaliya) – 3876 ochko
25(25). Muhammadkarim Xurramov – 1131 (yo‘llanma zonasida)
+100 kg:
1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 4411 ochko
11(6). Bekmurod Oltiboev – 1744 ochko (yo‘llanma zonasida)
50(50). Alisher Yusupov – 356 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
Ayollar:
-52 kg:
1. Natsumi Tsunoda (Yaponiya) – 2650 ochko
26(34). Diyora Keldiyorova – 985 ochko (qit’aviy kvota)
-70 kg:
1. Kelita Zupanchich (Kanada) – 2602 ochko
30(36). Gulnoza Matniyazova – 600 ochko (yo‘llanma zonasida emas)
Eslatma!
– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib o‘tilgan, jahon reytingi emas.
– Reytingda etakchi va unga eng yaqin vakillarimiz ko‘rsatilgan.
– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yo‘llanma zonasida bo‘lsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federatsiya tanlaydi.
– Olimpiada reytingini yig‘ish 2020 yilning 25 may sanasida yakunlanadi.
Manba: olympic.uz

Fikrlar