EChL. "Al-Hilol" ishonchli tarzda g‘alaba qozondi
Riyodliklar ikkinchi o‘rinda
EChLning birinchi turidan o‘rin olgan so‘nggi bahs "Ar-Rayyan" va "Al-Hilol" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda riyodliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Savich hisobni ochgan bo‘lsa, Kanselu oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Laonardo ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Gedesh esa javob qaytardi.
Shu tariqa, "Al-Hilol" turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Izohlar (0)