EChL. "Barsa" ELda, "Bavariya"da 100 foizlik natija, "Atletiko" guruhda qolib ketdi yoxud guruhlardagi holat bilan tanishing

  • 2 noyabr, 2022, 03:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-tur o‘yinlari start oldi. Bugun 4 ta kvartetda pley-offga yo‘l olgan, Evropa ligasiga ravona bo‘lgan hamda guruhda qolib ketgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

"A" guruhida "Napoli" va "Liverpul" bir xil 15 ochko to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Neapolliklar o‘zaro o‘yindagi kichik ustunlik (4:1, 0:2) evaziga 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. "Ayaks" 6 ochko bilan 3-pog‘onadan joy egalladi va Evropa ligasida harakat qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

a

"B" guruhida kutilmaganda asosiy favorit sanalgan "Atletiko" Madrid yakunda so‘nggi pog‘onadan joy oldi. "Portu" birinchi, "Bryugge" ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan bo‘lsa, "Bayer" o‘z yurishini Evropa ligasida davom ettiradi.

b

Navbatdagi kvartet "S" guruhi. "O‘lim guruhi"da "Viktoriya"ni kutilganidek ayab o‘tirishmadi. "Barselona"ni ketma-ket ikkinchi bor Evropa ligasiga ravona qilishgan bo‘lsa, "Inter"ga ikkinchi pog‘ona nasib etdi. Myunxenning "Bavariya"si qiyin guruhda ham 100 foizlik natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

s

"D" guruhida intriga avjida edi va oxirigacha shunday bo‘ldi. Yakunda "Tottenxem" so‘nggi daqiqalarda urilgan goli evaziga 1-o‘rin bilan guruhdan chiqish masalasini hal qildi. "Ayntraxt" ikkinchi o‘rinni egallab, o‘z tarixida ilk bor EChL pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

"Sporting" Evropa ligasida, "Marsel" esa evrokuboklar bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.

d

 

Shohrux Zoirov tayyorladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!