EChL. "Bavariya" - "Real" o‘yinini frantsiyalik hakam boshqarib boradi
30 aprel kuni tungi soat 00:00 da Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida "Bavariya" - "Real" uchrashuvi start oladi. Mazkur o‘yinni qaysi hakam boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, frantsiyalik referi Kleman Tyurpen bellashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Nikolas Danos va Benjamin Pages assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam sifatida Sandro Sharer nomi qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Bavariya" chorak finalda "Arsenal"ni mag‘lub etgan bo‘lsa, "Real" bu bosqichda amaldagi chempion "Manchester Siti"dan ustun kelgandi.
Fikrlar