EChL. "Benfika" "Ayaks"dan ustun keldi, "Galatasaray" esa "Yunion"ga engildi

  • 26.11.2025 00:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar ligasining 5-turidan o‘rin olgan dastlabki ikki to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Joze Mourino boshchiligidagi "Benfika" safarda "Ayaks" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida zafar quchdi va turnirdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi. 

To‘qnashuvning 6-daqiqasidayoq Samuel Dal hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 90-daqiqada esa Leandru Barreyru jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilib, o‘yin taqdirini hal qildi.
 
Turkiyaning grandi hisoblangan "Galatasaray" esa o‘z uyida "Yunion" bilan to‘qnash kelib, 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvdagi yagona gol ham 57-daqiqada Promis Akinpelu tomonidan kiritildi.

  • Europe - UEFA Chempionlar ligasi
  • League Stage
629.png

Ajax

Tugadi
0 : 2

25.11.2025 22:45

605.png

Benfica

  • Samuel Dahl 6'
  • Leandro Barreiro 90'

  • Europe - UEFA Chempionlar ligasi
  • League Stage
34.png

Galatasaray

Tugadi
0 : 1

25.11.2025 22:45

3958.png

Union Saint-Gilloise

  • Promise David 57'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!