Asosiy mazmunga oʻtish

ECHL. Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishing

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Bugun ushbu bosqich doirasida ikki bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Evropa Chempionlar ligasining chorak final bosqichi javob uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun ushbu bosqich doirasida ikki bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “Bavariya” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qiladi. Ilk uchrashuvda myunxenliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da boshlanadi.

Ushbu o‘yin bilan bir vaqtda “Arsenal” hamda “Sporting” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Ma’lumot uchun, Mikel Arteta shogirdlari ilk bahsda portugaliyaliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q