EChL. Bugun yarim finalga chiqqan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ladi

  • 12.04.2022 10:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Evropa Chempionlari ligasi chorak finali doirasidagi 2 bahs o‘tkaziladi.

Ulardan birida amaldagi chempion "Chelsi" bosh sovrinni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi "Real" Madrid maydoniga safar qiladi. Dastlabki o‘yinda "qirollik klubi" mehmonda 3:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilgandi. Shuningdek, g‘oliblik uchun asosiy da’vogar "Bavariya" "Vilyarreal"ni qabul qiladi. Tomonlarning Ispaniyadagi qarama-qarshiligida "sariq suvosti kemasi" 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!