EChL. "Chelsi" o‘z maydonida "Barselona"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
UEFA Chempionlar ligasining 5-turida Entso Mareska boshchiligidagi "Chelsi" o‘z maydonida Flikning "Barselona"si bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida Ispaniya grandini mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, to‘qnashuvning 27-daqiqasida Jyul Kunde avtogol muallifi bo‘ldi. 44-daqiqada esa Ronald Arauxo ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bellashuvning 55-daqiqasida Estevao chiroyli tarzda "Barselona" himoyasini yorib o‘tib, farqni 2 tagacha oshirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Liam Delap 73-daqiqada "aristokratlar"ning uchinchi goliga mualliflik qildi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- League Stage
Chelsi
- Estêvão 55'
- Jules Koundé 27'
- Liam Delap 73'
Tugadi
3
:
0
26.11.2025 01:00

Fikrlar