EChL. "Galatasaroy" ikki to‘p farqi bilan yutqaza turib, yakunda kambek qildi!

EChL 1-turidan o‘rin olgan "Galatasaroy" - "Kopengagen" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin 2:2 hisobi bilan tugadi.

Mehmonlar dastlab Elyunussi va Gonsalveshning gollari evaziga oldinga chiqib oldi. Ammo 86 va 88-daqiqada "Galatasaroy" ikki gol bilan muvozanatni tikladi. Istanbulliklarning bu gollariga Boe va Tete mualliflik qildi. 

Shu tariqa, ikkala tomon ilk turda 1 ochkodan bo‘lishib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!