ECHL. Janjallarga boy kechgan to‘qnashuvda "Real Madrid" minimal g‘alabaga erishdi
Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Arbeloa boshqaruvidagi "Real Madrid" Portugaliyada Mourinoning "Benfika"si bilan to‘qnash kelib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdagi yagona golga Vinisius mualliflik qildi. Braziliyalik yulduz futbolchi 50-daqiqada super tarzda gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Ushbu goldan keyin janjal boshlandi va bu 8 daqiqa davom etdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlangandan so‘ng esa bosh hakam 12 daqiqa qo‘shib berdi.
Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" - "Benfika" o‘rtasidagi javob o‘yini 25 fevraldan 26 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
- Europe - UEFA Chempionlar ligasi
- Knockout Round Play-offs
Benfica
Tugadi
0
:
1
18.02.2026 01:00
Real Madrid
- Vinicius Junior 50'
Fikrlar