EChL. Kunning markaziy bellashuvini kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun tunda UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak finali bahslari start oladi. Ushbu bosqichning eng markaziy bellashuvida "Barselona" o‘z maydonida PSJni qabul qiladi.
Ushbu o‘yin 01:00 da boshlanadi va "Futbol TV" telekanali uni jonli efirda namoyish etadi. Uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. Bu haqida taniqli jurnalist o‘z "Telegram" sahifasida ma’lum qildi.
Fikrlar