EChL. "Liverpul" va "Atalanta" pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Liverpul" deyarli ikkinchi tarkib bilan "Midtyulland" bilan bahs olib bordi.
O‘yin shiddatli hujumlar ostida kechdi. 2-daqiqadayoq Muhammad Saloh himoyachilar xatosidan so‘ng ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qildi. 62-daqiqada "Liverpul" darvozaboni Kuivin Kellexer jarima maydoni ichida Anders Dreyerni yiqitgani uchun uchrashuv hakami penalti belgiladi. Aleksander Sholts vaziyatdan unumli foydalandi va liverpulliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ikkala klub futbolchilari yana bittadan gol kiritdi, biroq gol VAR qaroridan so‘ng bekor qilindi.
Shu tariqa, "Liverpul" turnir jadvalida 13 ochko bilan birinchi pog‘onani band etdi. "Midtyulland" guruh bosqichidagi ikkinchi ochkosini qo‘lga kiritdi.
Ushbu o‘yin saytimizda matnli translyatsiya qilindi
D guruhining ikkinchi uchrashuvida "Atalanta" safarda bir kishi kam o‘ynagan "Ayaks"ni mag‘lubiyatga uchratib pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 79-daqiqada Rayan Gravenbarx ikkinchi sariq kartochkasi qiziga aylandi va maydonni tark etdi. O‘yindagi yagona golni 85-daqiqada Luis Muriel kiritdi.

Fikrlar