EChL. Pley-offga chiqqan so‘nggi jamoa nomi ma’lum

  • 10.12.2021 01:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa chempionlar ligasi "F" guruhida qoldirilgan 6-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda "Atalanta" va "Vilyarreal" o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda ispan klubi 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Bergamoliklar safida Sapata va Malinovskiy gol urdi. "Sariq suv osti kemasi" tarkibida Grenuveld va Kapu raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 

Shunday qilib, "F" guruhida "Vilyarreal" MYudan keyingi ikkinchi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Atalanta" esa ishtirokini Evropa ligasida davom ettiradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!