Asosiy mazmunga oʻtish

ECHL. PSJ oʻz uyida «Barselona»ni taslim etdi, «Manchester Siti» esa AEKni yirik hisobda magʻlub qildi

  • Izohlar: 0
  • Futbol

EChLning 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

PSJ o‘z uyida «Barselona»ni qabul qilib, 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Parijliklar safida gollarni Dezire Due, Lyuka Ernandes, Vitin’ya va Fabian Ruis kiritdi. Kataloniyaliklarning ikki javob goliga esa Xavi Espart va Lamin Yamal mualliflik qildi. Shu tariqa, Luis Enrique shogirdlarining ochkolari soni 9 taga yetdi.

Turning yana bir bahsida «Manchester Siti» AEK jamoasini yirik 5:1 hisobida taslim qildi. «Shaharliklar» tarkibida Fil Foden xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Rayan Sherki va Elliot Anderson ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q