
EChL. Ramosning goli ham foyda bermadi, PSV super kambek evaziga "Sevilya"ni mag‘lub etdi
EChL 5-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - PSV uchrashuvi yakunlandi. O‘yin 2:3 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan tugadi.
Maydon egalari safida gollarga Ramos va En-Nesiri mualliflik qildi. Niderlandiyaliklarning uch goli Saibari, Gudel (avtogol) va Pepi nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, PSV 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 2-o‘ringa chiqib oldi. "Sevilya" hisobida esa 2 ochko mavjud va jamoa 4-pog‘onani band etgan.
Fikrlar