EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Qozog‘iston klubi misli ko‘rilmagan daromad ishlab topadi

  • 27.08.2025 15:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Qozog‘istonning "Astana" klubi bundan 10 yil avval Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. 2015/2016 yilgi mavsumda ular "S" guruhida "Atletiko Madrid", "Galatasaroy" hamda "Benfika" kabi klublar bilan bir guruhdan joy olib, 6 uchrashuvning 4 tasida durang o‘ynagan va 2 bora mag‘lubiyatga uchragan. Guruh bosqichidagi 4-o‘ringa qaramasdan, ular mana shu bellashuvlarda ishonchli harakat qilgan va ayniqsa uy o‘yinlarida raqiblarga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan. Mana shu ishtirok kechaga qadar Qozog‘iston futbolida yagona bo‘lib qolayotgandi. 

Kecha Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Seltik" bilan pley-offning har ikki bahsida 0:0 hisobida durang o‘ynagan "Qayrat" penaltilar seriyasida 3:2 hisobida raqibidan ustun kelib, "ko‘hna qit’aning" eng nomdor turnirida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu Qozog‘iston futbolchi uchun katta yutuq, xuddi biz Jahon chempionatiga chiqqanimiz kabi. Biroq moliyaviy tomondan olib qaralsa, ular bu ishtirok ortidan O‘zbekiston terma jamoasining Mundialga chiqishidan ham manfaatliroq bo‘ldi. 

Misol uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Mundial yo‘llanmasi va guruh bosqichidagi ishtirok uchun jami 12-13 million evro daromad ishlab topsa, Qozog‘iston klubiga UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganining o‘zi uchun 20.18 million evro kafolatlangan pul oladi. Bundan tashqari, ular guruh bosqichning o‘zida 8 ta kafolatlangan o‘yin o‘tkazadi va bu qo‘shimcha daromad degani. Shu 8 ta bahsning 4 tasi o‘z maydonida bo‘lishi ham qo‘shimcha daromad hisoblanadi. 

Qo‘shnilarimizga mana shu turnirda muvaffaqiyat tilaymiz. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!