EChLda hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi, ular orasida "Sherif" futbolchisi ham bor
UEFA rasmiy sayti orqali Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-tur o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu nom uchun Darvin Nunes ("Benfika"), Leroy Sane ("Bavariya"), Milan Shkrinyar ("Inter") va Yorgos Atanasiadis ("Sherif") kurash olib boradi.
Aytish kerakki, Nunes "Barselona"ga (3:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi, Sane "Dinamo" Kievga (5:0) qarshi o‘yinda gol urdi va golli uzatmaga mualliflik qildi, Shkrinyar "Shaxtyor"ga (0:0) qarshi o‘yinda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi va jamoasi darvozasi dahlsizligini saqlasha yordam berdi, Atanasiadis esa Madridda “Real”ga qarshi o‘yinda 11 ta seyv amalga oshirdi va uning jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Fikrlar