EChLda qozoqlardan sensatsiya va umumiy bosqichda o‘ynaydigan 32 jamoa nomi aniq bo‘ldi
27 avgust holatiga Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yana uch jamoa yo‘llanma oldi va ishtirokchilar soni 32 taga etdi. Umumiy bosqichda jami 36 ta jamoa qatnashishi belgilangan.
E’tiborli jihati, Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi o‘z tarixida ilk bor qit’aning eng nufuzli musobaqasi umumiy bosqichida qatnashadigan bo‘ldi. “Qayrat” pley-off finalida Shotlanliyaning “Seltik” klubini ortda qoldi. Har ikki uchrashuvda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida omad qozoq futbolchilari tomonidan bo‘ldi – 3:2.
Chempionlar ligasi umumiy bosqich ishtirokchilari ro‘yxati bilan tanishing:
“Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Tottenxem Xotspur”, “Nyukasl Yunayted” (barchasi Angliyadan), “Napoli”, “Inter”, “Atalanta”, “Yuventus” (barchasi Italiyadan), “Barselona”, “Real”, “Atletiko”, “Atletik, “Vilyarreal” (barchasi Ispaniyadan), “Bavariya”, “Bayer”, “Ayntraxt”, “Borussiya Dortmund” (barchasi Germaniyadan), “Pari Sen-Jermen”, “Marsel”, “Monako” (barchasi Frantsiyadan), PSV, “Ayaks” (ikkisi Niderlandiyadan), “Sporting” (Portugaliya), “Yunion” (Belgiya), “Galatasaroy” (Turkiya), “Slaviya” (Chexiya), “Olimpiakos” (Gretsiya), “Qayrat” (Qozog‘iston), “Budyo-Glimt” (Norvegiya) va “Pafos” (Kipr).



Fikrlar