Eddi Xau: "Arsenal" o‘zgargan jamoa, lekin biz ham o‘zgarganmiz"

  • 26.09.2025 22:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining markaziy o‘yinlaridan biri “Nyukasl” va “Arsenal” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv oldidan “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi Eddi Xau matbuot anjumanida jamoasi va raqib haqida fikr bildirdi.

"Arsenal" o‘tgan mavsumga qaraganda butunlay boshqacha jamoaga aylandi, lekin biz ham o‘zgardik. Hali qanday jamoa bo‘lishimizni anglashga urinmoqdamiz va bu mavsumda allaqachon ijobiy belgilar ko‘zga tashlanmoqda. 

"Bradford" bilan o‘yinda ijodkorlik alomatlarini ko‘rdik, texnik jihatdan juda yuqori darajada edik. "Arsenal"ga qarshi o‘yinda ham xuddi shunday yondashuvni qo‘llashimiz zarur bo‘ladi". – dedi Eddi Xau.

Eslatib o‘tamiz, "Nyukasl" – "Arsenal" uchrashuvi 28 sentyabr, yakshanba kuni soat 20:30'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!