
EFC GLOBAL. Hamyurtimiz "face to face" marosimida ishtirok etdi
"Muradov Legion Team" a’zosi Said Dilmurod bugun, 30 yanvar kuni Qirg‘izistonda EFC GLOBAL promoushenida debyut jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimizga mezbonlar vakili Toktomushev raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik 66 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Kecha jang oldidan vazn o‘lchash va "face to face" marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Said Dilmurod 1995 yilning 3 sentyabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning asosiy bazasi kikboksing hisoblanadi. MMAdagi murabbiyi esa Jasur Alijanov.
Fikrlar