Ekitike: "Saloh kutganimdan ham kuchli va samimiy inson ekan"

  • 04.10.2025 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" forvardi Ugo Ekitike jamoadoshi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi. Frantsiyalik futbolchi shu yozda "qizillar" safiga qo‘shilgan bo‘lsa, misrlik hujumchi 2017 yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelmoqda.

"Saloh juda zo‘r, televizor orqali ko‘rganimdagidan ham kuchli ekan. Uning hech qanday his-tuyg‘usini bildirmaydigan yuz ifodasini ko‘rib, men uni sovuqqon, ko‘p so‘zlamaydigan inson deb o‘ylagandim. Lekin unday emas. Muhammad juda ochiqko‘ngil inson, bu erdagi barcha yigitlar kabi. Ular meni tezroq moslashib ketishim uchun yordam berishyapti", — deydi 23 yoshli forvard.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" iyul oyida Ekitikeni frankfurtlik "Ayntraxt"dan 95 million evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!