
EKL. "Lester" keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Evropa konferentsiyalar ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Ranners" - "Lester" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Tulkilar" safida Meddison dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Barns ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Angliya jamoasi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar