Ektor Kuper: Biz vaziyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘proq ish olib borishimiz kerak

  • 25.03.2019 15:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvdin keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida Ektor Kuper ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
 
- Bugun gol kiritish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ammo faqat ularning bittasidan unumli foydalandik. Kelgusida bu yo‘nalishda ish olib boramiz. O‘ylaymanki, ushbu musobaqadan o‘rin olgan o‘yinlar biz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Endilikda xato va kamchiliklarni tahlil qilib chiqamiz. Avval ham aytganimdek, bor e’tiborimiz jahon chempionati saralashiga qaratilgan. 

Otabek Shukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoamiz shifokorlarining xabar qilishicha, Shukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi.

O‘zbekistonning Xitoyga qarshi avvalgi o‘yinlari bilan bugungi o‘yinni solishtira olmayman. Men avvalgi o‘yinlarda terma jamoa bosh murabbiyi emasdim. Ammo Xitoy tarkibida yangi futbolchilar borligi bilaman. Kannavaro ular bilan yaxshi jamoa shakllantira olishiga ishonaman. Xitoy ham biz kabi bor e’tiborini mundila saralashiga qaratgan. O‘ylashimcha, Qatar 2022ga chiqish uchun Osiyodagi barcha terma jamoalar qattiq kurash olib borishadi. Biz yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz, - dedi Kuper.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!