EL. Bugun finalga chiqadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi

  • 18.05.2023 05:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Bugun tunda Evropa ligasining yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda "Sevilya" o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qilsa, "Bayer" "Roma"ga qarshi o‘ynaydi. 

"Seviya" "Yuventus" to‘qnashuvning dastlabki o‘yinida kuchlar teng kelgandi. En-Nesiri hisobni ochgan bo‘lsa, Gatti so‘nggi daqiqalarda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib ketgandi. "Bayer" - "Roma" bahsida esa rimliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. 

Eslatib o‘tamiz, Evropa ligasi final bosqichi Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!