"El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" futbol akademiyasi faoliyatini boshladi

  • 6 sentabr, 2021, 22:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ilgari xabar berganimizdek, “Metallurg” PFK qoshida faoliyatini boshlayotgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasi uchun mamlakatimizning barcha viloyatlari hamda Toshkent shahridan saralab olingan iste’dodli yoshlar ikkita bosqichda sinovdan o‘tkazildi.

Mingdan ziyod nomzodlar orasidan eng iqtidorlilari 2021/2022 yilgi o‘quv mavsumi uchun “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasiga qabul qilindi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan, akademiya talabaligiga qabul qilingan yoshlar ispaniyalik murabbiylar kuzatuvida Toshkent viloyati Chorvoq dengizi bo‘yida joylashgan “Metallurg” dam olish maskanida mashg‘ulotlarni boshlash uchun chorshanba kuni jo‘nab ketishadi.

bekobod1

Bugun “Metallurg” PFK majlislar zalida klub rahbariyati, “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasi ma’muriyati ishtirokida akademiya murabbiylari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni “Metallurg” PFK bosh direktori Abduqahhor Ma’rufaliev kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilganlarga “Real Madrid Foundation” tomonidan yuborilgan texnik direktor Luis Manuel Ernandesni tanishtirdi.

bekobod2

“Real” (Madrid) mashg‘ulotlar dasturini tadbiq etish bo‘yicha mas’ul mutaxassis yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob qaytardi. Chorvoqda o‘tadigan yig‘in davomida murabbiylarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishini, zarurat bo‘lgani holda ish uslublariga o‘zgartirishlar kiritishini qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!