"El-klasiko"da "Real"ning ikki nafar etakchisi jarohat oldi

  • 25.10.2021 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubining ikki nafar futbolchisi kecha La Liganing 10-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “el-klasiko”da darvozabon Tibo Kurtua hamda yarim himoyachi Federiko Valverde jarohat olgan. Bugun ikkala futbolchi ham chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Kurtua joriy mavsum  12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazib yubordi. 12 ta uchrashuvda ishtirok etgan Valverde esa 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!