"El-klasiko"ga hakamlar tayinlandi!

  • 6 may, 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

11 may kuni "Barselona"ning uy maydonida bo‘lib o‘tadigan La Liga 35-tur bellashuvi — "El-klasiko"ga hakam tayinlandi. Unga ko‘ra, ushbu uchrashuvni Alexandro Ernandes Ernandes boshqaradi. Bu haqda "Relevo" nashri xabar berdi.

Tecno

VAR tizimida esa Xuan Martines Munuera ish olib boradi.

Ernandes Ernandes uchun bu tarixdagi beshinchi "El-klasiko" bo‘ladi. Uning barchasi La Liga doirasida o‘tkazilgan.

So‘nggi marta u "Barsa" – "Real" o‘yinini 2019 yil dekabrida boshqargan va o‘shanda "Kamp Nou"da 0:0 hisobida durang qayd etilgan.

U boshqargan avvalgi "klasiko"larda quyidagi natijalar qayd etilgan:

2015/16 yilgi mavsum — "Real" 2:1

2016/17 yilgi mavsum — "Barsa" 3:2

2017/18 yilgi mavsum — durang 2:2.

Joriy mavsumda Ernandes Ernandes so‘nggi marta "Barselona" jamoasining o‘yinini Ispaniya kubogi yarim finalida "Atletiko"ga qarshi bahsda boshqargan (4:4). 1 mart kuni esa u "Real" – "Betis" uchrashuvida hakamlik qilgan. O‘shanda "qirollik klubi" 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan va Vinisius hakamning harakatlaridan norozi bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak "El-klasiko" bellashuvi 11 may kuni soat 19:15 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!