EL. "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Atletik" ilk o‘yinda durang o‘ynadi

  • 11.04.2025 02:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Evropa ligasi chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakunlandi. 
 
Ushbu bosqichda "Manchester Yunayted" Frantsiyaning "Lion" klubi bilan kuch sinashib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Almada hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim so‘nggida Leni Yoro hisobni tenglashtirdi. Shu bilan birga, asosiy vaqtning so‘nggi daqiqalarida Zirkze "qizil iblislar"ni oldinga olib chiqqan edi, qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Cherki hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi (2:2). 
 
Angliyaning boshqa bir jamoasi hisoblangan "Tottenxem" klubi Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasi bilan bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvning 6-daqiqasida Ekitike hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 20 daqiqa o‘tib, himoyachi Pedro Porro hisobni tenglashtirgan holda, jamoasining mag‘lub bo‘lmasligini ta’minladi.

Bundan tashqari, "Atletik Bilbao" ham "Reynjers"ga qarshi o‘z o‘yinini o‘tkazib, nursiz 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

  • Europe - UEFA Yevropa ligasi
  • Chorak final
79.png

Olimpik Lion

  • Thiago Almada 25'
  • Rayan Cherki 90'
Tugadi
2 : 2

11.04.2025 00:00

14.png

Manchester Yunayted

  • Leny Yoro 45'
  • Joshua Zirkzee 88'


  • Europe - UEFA Yevropa ligasi
  • Chorak final
6.png

Tottenhem

  • Pedro Porro 26'
Tugadi
1 : 1

11.04.2025 00:00

366.png

Ayntraxt

  • Hugo Ekitiké 6'


  • Europe - UEFA Yevropa ligasi
  • Chorak final
62.png

Rangers

Tugadi
0 : 0

11.04.2025 00:00

13258.png

Atletik Bilbao

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!