EL: "Manchester Yunayted" "Milan" bilan bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani boy berdi

  • 12 mart, 2021, 00:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Ligasi pley-off bosqichi birinchi uchrashuvida "Manchester Yunayted" "Milan"ni qabul qildi va jamoalar jangovor durangga imzo chekishdi.

Tecno

O‘yin milanliklarning hujumlari bilan boshlandi. Birinchi taymda "Milan" ikki marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi, biroq birinchi gol ofsayd sabab, ikkinchisi esa VAR qaroridan so‘ng bekor qilindi. Ikkinchi taym avvalida maydonga tushgan Amad Diallo jarima maydoni ichiga uzatilgan pasdan so‘ng, boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Simon Ker to‘pga birinchi bo‘lib etib keldi va raqib darvozasiga aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 18-mart kuni "San Siro"da bo‘lib o‘tadi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!