
EL. "Roma" va "Liverpul" yirik hisobda g‘alaba qozondi. "Bayer" esa mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Evropa ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
"Roma" o‘z maydonida "Brayton"ni taslim qildi. Dastlab, Dibala hisobni ochgan bo‘lsa, Lukaku farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Manchini va Kristantelar ham bittadan gol urishdi.
"Roma" 4:0 "Brayton"
"Liverpul" safarda "Sparta Praga"ni ustidan 1:5 hisobida zafar quchdi. Nunes dublni rasmiylashtirdi. Dias, Makalister va Soboslailar bir martadan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishdi.
"Sparta Praga" 1:5 "Liverpul"
"Bayer" esa "Qorabog‘" bilan durang o‘ynadi. Nemislar dastlab ikkita gol ztkazib yuborgandi, lekin Virts va Shik jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Qorabog‘" 2:2 "Bayer"
Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuvlarning javob o‘yinlari 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar