Eldor Shomurodov, Fabio Kannavaro va Davron Fayziev "The Best" mukofoti uchun kimga ovoz berdi?

  • 17.12.2025 00:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, "The Best" mukofotiga ega chiqdi. 
 
Ushbu sovrin uchun esa O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov, jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va media bo‘yicha Davron Fayziev ovoz berishdi. 
 
"Istanbul Bashakshehir" hujumchisi va terma jamoamiz sardori mazkur sovrin uchun Rafinyani birinchi o‘yinga qo‘ydi. Ikkinchi va uchinchi o‘ringa esa Usmon Dembele hamda Lamin Yamalni qo‘ydi. 
 
Italiyalik murabbiy birinchi o‘ringa PSJ hujumchisi Usmon Dembeleni qo‘ydi. Keyingi o‘rinlarga esa Lamin Yamal va Vitinyaga ovoz berdi. 
 
Taniqli jurnalist va sharhlovchi hisoblangan Davron Fayziev birinchi o‘ringa Usmon Dembeleni qo‘ydi. Lamin Yamal va Rafinya keyingi o‘rinlarni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!