
Eldor Shomurodov Bundesliga klublari bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo...
“Rostov” klubi forvardi, hamyurtimiz Eldor Shomurodovga nemis klublaridan qiziqishlar mavjud. Ammo, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli Bundesliga klublari bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar tobora qiyinlashmoqda.
ProSportsManagement kompaniyasi direktori German Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, ular Shomurodovning transferi bo‘yicha nemis klublari bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq, xaridor jamoalardan biri iqtisodiy vaziyati Shomurodovni sotib olishga imkon bermasligini ochiqchasiga tan olgan.
Eldor Shomurodov ayni damda 11 ta gol bilan to‘purarlar poygasida “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubadan (13) so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar