Eldor Shomurodov yangi jamoasidagi debyuti haqida post qoldirdi (foto)
Yaqindagina "Spetsiya" klubiga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov debyut qilishga ham ulgurdi.
Uning yangi jamoasi Italiya A Seriyasi 21-turidan o‘rin olgan bellashuvda peshqadam "Napoli"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur o‘yindan keyin legionerimiz o‘zining "Instagram"dagi sahifasida post qoldirdi.
"Natija kutilganidek emasligiga qaramay, hech qachon taslim bo‘lmaslik muhim. Ushbu libosni ilk bor kiyganimdan juda xursandman. Olg‘a "Spetsiya!"

Fikrlar