
Eldor Shomurodovga Germaniya va Rossiya klublari 10 mln evro taklif qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbolchining vakili Qahor Mo‘minov Sports.ru saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizga Germaniyaning "Shtutgart" va Rossiyaning TsSKA klubi qiziqish bildirmoqda va bu jamoalar Shomurodov uchun 10 million evro berishga tayyorliklarini bildirgan. Lekin bu masala qishda hal etilmaydi.
Qolaversa, Eldor va uning oilasi Top-klublar taklifini ko‘rib chiqishini bildirgan. Shuning uchun bu transferga keyinroq qaytilishini bildirgan futbolchining vakili.
Fikrlar