Eldor Shomurodovga Turkiyaning grand klubi qiziqmoqda

  • 04.02.2026 07:13
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida sporsafe Fotomaç nashriga tayangan holda xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, "Fenerbaxche" Superliga doirasida o‘z o‘yini bilan ajralib turgan Shomurodov bo‘yicha "Bashakshehir" bilan bog‘landi. Klub prezidenti Gyoksel Gyumyushdo‘g futbolchining transfer huquqi uchun 20 million yevro talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

"Bashakshehir" uni sotib olish uchun jami 5,7 million yevro sarflagan. Shuningdek, futbolchining keyingi transferidan olinadigan foydaning 10 foizi "Roma" klubiga beriladi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik forvard joriy mavsum chempionat doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!