Eldor Shomurodovning transfer narhi yana 1 mln evroga ko‘tarildi
O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narhi ko‘tarildi.
"Transfermarkt.de" sayti Shomurodovning transfer narhini 2,5 mln evro qilib belgiladi.
Shomurodovning transfer narhi so‘nggi bor shu yilning iyun oyida 1,5 mln evroga ko‘tarilgan edi. Oradan 3 oy o‘tib, yana 1 mln evroga o‘sishga erishmoqda.
Ma’lumot uchun, odatga ko‘ra transfer narhlar bir yilda ikki marotaba o‘zgartiriladi. Ammo faolligi oshib ketgan futbolchilarning narhlari navbatdan tashqari holatda o‘zgartirilishi mumkin.

Fikrlar