
Eldorga sizning yordamingiz kerak: u OFK so‘rovnomasida Taremidan ortda qolmoqda
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti haftaning eng zo‘r futbolchisini aniqlash uchun doimiy tarzda so‘rovnoma o‘tkazib keladi. Bu galgi ro‘yxatdan "Jenoa" klubida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham o‘rin olgan.
Italiya A Seriyasining 33-turida genuyaliklar "Spetsiya"ga qarshi bahs olib bordi va "Shoma" zaxiradan maydonga tushib, juda chiroyli golga mualliflik qildi.
So‘rovnomada ayni vaqtda eronlik Mehdi Taremi etakchilik qilmoqda. "Portu" hujumchisi 47 foiz ovoz to‘plagan. Eldorda esa 34 foiz ovoz mavjud. So‘rovnoma ertaga, 2 may kuni o‘z nihoyasiga etadi.
Quyidagi havola orqali ovoz berib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin:
Fikrlar