Elina Svitolina jiddiy qarshilikka uchradi
Rossiya tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova va ukrainalik Elina Svitolina "Internazionali BNL D'Italia" turnirining ikkinchi davrasida o‘zaro kuch sinashdi.
Qariyb ikki soat davom etgan o‘yinda Elina raqibasini 6:3, 7:6 hisobida engdi va uchinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Elina musobaqadagi navbatdagi uchrashuvini estoniyalik Anett Kontaveyt yoki boshqa bir rossiyalik tennischi Svetlana Kuznetsovaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar