Elit chempionlar ligasi. "Nasaf" - "Al-Vahda": Jamoalar qanday rangli libosda harakat qilishi ma’lum
Ertaga Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Vahda" bahsi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv oldidan musobaqa rasmiylari va har ikki jamoa vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, jamoalarning libos ranglariga ham oydinlik kiritildi. "Nasaf" qizil, mehmonlar jamoasi esa oq rangli liboslarda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" - "Al-Vahda" bellashuvi ertaga soat 18:30da start oladi.

Fikrlar