Elit Chempionlar ligasi oldidan repetitsiya yoxud peshqadam va autsayder bahsi turni ochib beradi

  • 10 sentabr, 15:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Roppa-rosa 15 kundan so‘ng yana Superliga uchrashuvlariga start berilmoqda. Turning birinchi uchrashuvi "Nasaf" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasida kechadi.

Tecno

"Nasaf" - "Buxoro"

Avvalo, bu uchrashuv bekorga hamma o‘yindan oldinroq o‘tkazilmayotganini aytib o‘tish kerak. Chunki, "Nasaf" klubi Elit chempionlar ligasida 15 sentyabrda Saudiya Arabistoniga safar qiladi. Shu sababli, klub tur bahsini hammadan oldin o‘tkazmoqda. Qo‘shimchasiga, Ro‘ziqul Berdiev iltimosiga binoan terma jamoaga chaqirilgan Qarshi klubi futbolchilari "CAFA Nations Cup 2025" finalida ishtirok etmadi va klub ixtiyoriga qaytdi. Faqatgina Alibek Davronov finalda ham qatnashdi. Eshmurodov, Ne’matov, Nasrullaev va Norchaev kabi "ajdarlar"ning liderlari finaldan oldinroq terma jamoa lagerini tark etdi. Bu bellashuv "Nasaf" uchun Elit Chempionlar ligasi oldidan repetitsiya vazifasini bajarishi kerak. Superligadagi har bir yo‘qotilgan ochko ham chempionlik uchun imkoniyatlarga ta’sir qilishi tabiiy. Shu boisdan bu bellashuv ham intrigali bo‘lishi aniq.

"Buxoro" so‘nggi turda jadvaldagi raqobatchisi "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etishni uddasidan chiqdi. Jamoa O‘zbekiston kubogida ham yarim finalda yurishini davom ettiradi. Chorak "Bunyodkor" 2-4 hisobida taslim qilindi. Yarim finaldagi raqib esa "So‘g‘diyona" bo‘lishi qur’a orqali tasdiqlandi. Yangi murabbiy Karpenko boshchiligida buxoroliklar ketma-ket uchinchi g‘alabalarini qayd etishga bor kuchlarini berishlari aniq. Ammo, bu unchalik oson bo‘lmaydi.

Statistika

O‘zaro o‘yinlar: 49 ta
G‘alabalar: 26-12 "Nasaf" foydasiga.
Durang:  11 ta
To‘plar nisbati: 79-44 
Yirik g‘alabalar: 6-0, 1-5.

Imkoniyatlar 

Tahmin qiladigan bo‘lsak, albatta imkoniyatlar qarshiliklarda yuqoriroq. Foizlarda buni 60/40 tarzida ifodalash mumkin. Biroq, "Buxoro" ham sensatsiya ko‘rsatishga urinishi turgan gap.

Yahyoxon G‘aniev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!