Elit OChL. "Istiqlol" "Al-Ahli"ni to‘xtatdi

  • 02.12.2024 23:29
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Elit OChLning 6-turida "Istiqlol" "Al-Ahli" mehmoni bo‘lib, Saudiya klubining g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi. 

Uchrashuvda Rafael hisobni ochdi, oradan ko‘p o‘tmay Touni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida esa Eslami mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda Touni ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, 87 daqiqada harakatlandi. U bahs davomida bitta xavfli vaziyat yaratib, sheriklariga 18 ta aniq pas berdi. 2 marta ikkinchi qavatdan aniq pas va 1 ta muvaffaqiyatli driblingni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi va 7 ta duelda yutib chiqdi. 

Ushbu o‘yindan keyin "Istiqlol" 8-o‘ringa joylashdi. 

  • Osiyo - AFC Champions League Elite
  • League Stage
9908.png

Al Ahli

  • Unknown 42'
  • Ivan Toney 45'
  • Ivan Toney 86'
Tugadi
2 : 2

02.12.2024 21:00

5572.png

Istiqlol

  • Mohammad Hossein Eslami 51'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!