Elit OCHL. "Nasaf"ning so‘nggi tur o‘yinida qanday libosda o‘ynashi ma'lum

  • 15.02.2026 19:54
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasining soʻnggi tur oʻyinida "Nasaf" BAAning "Sharja" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Sharja" — "Nasaf" uchrashuvi oldidan musobaqa rasmiylari va har ikki jamoa vakillari ishtirokida anʼanaviy yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilish davomida ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilinib, uchrashuv uchun jamoalarning libos ranglari ham belgilab olindi. Unga koʻra, mehmonlar — “Nasaf”  qizil, mezbon jamoa — “Sharja” esa  oq rangli sport formalariда maydonga tushadi.

Maʼlumot uchun, oʻyin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:00'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!