Elit OChL."Nasaf"ning guruhdan chiqish imkoniyati bormi?
Elit OChLning 4-turidan keyin jamoalarning pley-offga chiqish foizlari hisoblandi.
Opta nashrining ma’lum qilishicha, Sauadiyaning "Al-Hilol" va "Al-Axli" jamoalari 100 foiz keyingi bosqicga chiqadi. Shuningdek, O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan "Nasaf"ning top 8 talikka kirishini 14 foiz deb taxmin qilingan. Bu guruhdagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari musobaqadagi 4 ta uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lgan va turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Quyida G‘arbiy Osiyo mintaqasi klublarining guruhdan chiqish imkoniyatlari bilan tanishing
"Al-Hilol" — 100 foiz
"Al-Ahli" — 100 foiz
"Al-Vahda" — 99.9 foiz
"Traktor" — 99.7 foiz
"Shabab Al Ahli" — 98 foiz
"Al-Ittihod" — 99 foiz
"Sharja" — 58 foiz
"Al-G‘arafa" — 27 foiz
"Al-Sadd" — 22 foiz
"Ash-Shorta" — 28 foiz
"Nasaf" — 14 foiz
Fikrlar