
Eliza Mertens bosh sovrinni uyga olib ketdi
Avstraliyada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “WTA Hobart International – 2018” turniri yakunlandi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi uchrashuvida belgiyalik Eliza Mertens va ruminiyalik Mixaela Buzarnesku o‘zaro bahslashdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvning birinchi setini 6:1 hisobida yutib olgan Eliza ikkinchi setda 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘yinning uchinchi setida ruminiyalik tennischidan omad yuz o‘girdi va 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa g‘alaba qozongan Eliza Mertens “WTA Hobart International” turnirining bosh sovrinini yana bir bor o‘ziniki qildi.
Fikrlar