Elnur Abduraimov ishtirokidagi jang 2-raundda yakunlandi

  • 08.05.2022 02:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Hozirgina hamyurtimiz Elnur Abduraimov professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

U super yarim engil vazn (58,9 kg) toifasida kubalik Manuel Korreaga qarshi ringga ko‘tarildi. 8 raundga mo‘ljallangan ushbu bahs 2-raundda o‘z yakuniga etdi. 

Quvonarlisi, Elnur to‘liq ustunlik evaziga 2-raund o‘tib borayotgan bir pallada ketma-ket nokdaunlardan so‘ng, oxir-oqibat nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa hamyurtimiz o‘zining 9-jangidagi 8-nokautli g‘alabasini qayd etdi. 

Mazkur muvaffaqiyat bilan bokschimiz hamda uning murabbiylarni muborakbod etamiz! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!