
Endi Abraxam kerak emas!
“Roma”da o‘ynayotgan Temmi Abraxamni tarbiyalagan “Chelsi” klubida bu futbolchini 2023 yilning yozida 80 million evroga qayta sotib olish huquqi bor.
Angliyalik jurnalist Bek Jeykobsning ma’lum qilishicha, “Chelsi” ko‘p gol ura oladigan forvardga ehtiyoj sezayotganiga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Grem Potter 25 yoshli Abraxamning xizmatlari unga kerak emasligini bildirdi.
Shunga qaramay, Abraxamda Angliya Premer-ligasiga qaytish imkoniyati bor. “Manchester Yunayted” yozda uni transfer qilishni mo‘ljallagan. Bosh murabbiy Erik ten Xag Temmi hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytira oladigan yuqori saviyali forvard ekanini ta’kidlamoqda.
Ayni paytda Abraxamning transfer summasi 45 million evroga baholanyapti.
Fikrlar