
Endi "Arsenal"ni to‘xtatish qiyin bo‘ladi
O‘ziga yangi jamoa tanlash yoki “Arsenal”da qolish masalasini uzoq o‘ylagan Per-Emerik Obameyang bir qarorga kelganini ma’lum qildi.
31 yoshli gabonlik hujumchi “Barselona”, PSJ, “Chelsi” kabi grandlardan taklif olgan bo‘lsa-da, bor e’tiborini “Arsenal”ga qaratadigan bo‘ldi. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta chempionlik uchun kurashadigan yangi jamoani aynan Obameyang orqali shakllantirmoqchi ekanini bir necha bor ta’kidlagandi.
Endi Obameyang 2023 yilgacha shartnoma imzolaydi va haftasiga 250 ming funt maosh va turli bonuslarga ega bo‘ladi. “Arsenal” hujumchi talablarini qondirish uchun 55 nafar xodimni ishdan bo‘shatishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar