
“Chelsi” yangi yulduzlar uchun bir necha o‘yinchilardan voz kechadi
“Chelsi”ning transfer ta’qiqi echilishi bilan bosh murabbiy Tomas Tuxel klub rahbariyatiga murojaat qilib, tarkibni tozalash masalasini muhokama qilmoqchi. Germaniyalik mutaxassis yangi o‘yinchilar olish va klub akademiyasi tarbiyalanuvchilarini birinchi jamoaga qo‘shish uchun foydasi tegmayotgan o‘yinchilardan qutilishi kerak, deb hisoblamoqda.
Tomas Tuxel kelasi mavsumda Konor Gallaxer va Armando Broyya singari boshqa jamoalarga ijaraga yuborilib, premer-ligada o‘z salohiyatini namoyish qila olgan klub tarbiyalanuvchilariga imkoniyat bermoqchi.
Ana shu maqsadda, murabbiylar shtabi Timo Verner va Ruben Loftus-Chikdan birinchi bo‘lib qutilmoqchi. Shuningdek, yarim himoyachi Ross Barkliga ham Tuxel imkoniyat bermaydi.
Shuningdek, ichki raqobatda Kristian Pulishichga yutqazib qo‘yayotgan Hakim Ziesh ham yozda o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar