Endi PSJ uchun o‘ynamayman
PSJning qanot himoyachisi Nordi Mukiele jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Nordi “Bavariya”ga o‘tish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi. Bu himoyachiga myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel shaxsan qiziqish bildiryapti va uni o‘z jamoasida ko‘rish istagida.
26 yoshli futbolchi bosh murabbiy Luis Enrikening ishonchini qozona olmadi. Mavsum boshidan beri barcha turnirlarda o‘n marotaba maydonga tushib, atigi 486 daqiqa harakat qildi.
Mukieleda Bundesligada o‘ynash tajribasi bor. U Parijga kelgunga qadar to‘rt mavsum davomida “Leyptsig” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar